
Paralimpiya. Para karateni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Shu kunlarda Toshkentda karate bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqa davomida poytaxtimizda bir qator martabali shaxslar mehmon bo‘lib turibdi.
Jumladan, Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos hamda Osiyo karate federatsiyasi prezidenti, general-mayor Nasir Al Razuqi bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Qo‘mita rahbariyati bilan samimiy ruhda kechgan suhbat davomida qit’ada para karate sport turini ham ommalashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilayotgani hamda bu borada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida martabali mehmonlarga qo‘mitaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar