Paralimpiya. Xusniddin Norbekov jahonda tengsizligini yana bir bor isbotladi!
Yaponiya mezbonlik qilayotgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Xusniddin Norbekov 16.37 metr natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Xusniddin Norbekov 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham F35 klassida yadro uloqtirish dasturida 16 metr 78 sm natija bilan oltin medal hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.
Ayni paytgacha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu jahon chempionatida 4 ta kumush, 3 ta oltin, 2 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar