
"Parij-2024". Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni va vakillarimizning bugungi ishtiroki haqida batafsil
"Parij-2024" Olimpiadasi davom etadi. Bugun (28 iyul) kuni o‘z ishtirokini o‘tkazadigan sportchilarimizning natijalaridan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Quyida vakillarimizning natijalaridan onlayn xabardor bo‘lishingiz mumkin:
Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasi finalida kosovalik Distriya Krasnikiga qarshi tatamiga chiqdi va vazare bahosi bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Diyora Parij Olimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbek dzyudosida yangi tarix yozildi!
Birinchi davradan erkin o‘tgan dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega ro‘baro‘ keldi. Ushbu vaznning ikki nomdor sportchilari o‘rtasida bahsda Keldiyorova g‘alaba qozonib, bejiz jahon reytingi peshqadamiga aylanmaganini isbotladi. Diyora yarim finalda mezbon vakilasini mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Endilikda, Keldiyorova finalda Distriya Krasnichi bilan oltin medal uchun tatamiga chiqadi. Uning finaldagi raqibi Kosovalik va u Tokiodagi Olimpiadada -48 kg vazn toifasida oltin medalga ega chiqqan.
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtaisda -92 kg vazn toifasidagi vakilimiz Lazizbek Mullojonov italiyalik Aziz Abbos Muhiddinga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raund davom etgan jangda Lazizbek ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi (4;1) va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Lazizbek navbatdagi jangini 1 avgust kuni o‘tkazadi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sardor Nurillaev "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. -66 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz ilk davrada braziliyalik Uilyam Limaga vazari bahosi evaziga imkoniyatni boy berdi.
Akademik eshkak eshish bahslarining bugungi dasturlari yurtdoshlarimiz uchun yakuniga etdi. Engil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik bahslarida ishtirok etgan Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev juftligi o‘z guruhida 5-bo‘lib marraga etib kelishdi. Endi ular o‘tish bosqichida o‘z ishtiroklarini davom ettirishadi.
Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova chorak finalda yana bir ajoyib g‘alabasini rasmiylashtirdi. Germaniyalik Masha Ballhaus bilan to‘qnash kelgan Keldiyorova yarim finalga yo‘l oldi. Barakalla, Diyora!
Fikrlar