"Parij-2024": Jalolov jangidan keyin nimalar dedi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugungi jangidan keyin chet el jurnalistlariga intervyu berdi. 

"Mening maqsadim bitta, bu ham bo‘lsa, ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lish. Bu yo‘lda birinchi to‘siqdan o‘tdim", - deya savolga javob berdi Bahodir.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiadasi doirasidagi ilk jangini norvegiyalik Omar Shihaga qarshi o‘tkazib, katta ustunlik bilan g‘alaba qozond. Jang davomida vakilimiz raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Jalolov keyingi jangini 2 avgust kuni avstraliyalik Tremuana Juniorga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!