"Parij-2024". Tursunoy Jabborova ishtirokini yakunladi

  • 11 avgust, 2024, 17:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Olimpizm
TIGGO 2 PRO

Tursunoy Jabborova delegatsiyamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga yakun yasab berdi.

Og‘ir atletikachimiz Tursunoy Jabborovaning chiqishi bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki yakuniga etdi. +81 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 118, siltab ko‘tarishda 133, ikki kurash bo‘yicha esa 251 kg natija bilan musobaqani 10-o‘rinda tugatdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixida ilk bor 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunlaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!