"Parij-2024": Vakillarimizning bugungi ishtiroki va natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin!

CHERY AUTO

"Parij-2024" Olimpiadasi davom etadi. Bugun (30 iyul) kuni o‘z ishtirokini o‘tkazgan sportchilarimizning natijalari bilan tanishing.

Boks bo‘yicha -80 kg vazn toifasida vakilimiz To‘rabek Habibullaev filippinlik Eumir Feliks Marisyalga qarshi ringga ko‘tarildi va unda ishonchli tarzda g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Endi u 2 avgust kuni yarim final uchun ringga chiqadi.

Boks bo‘yicha -51 kg vazn toifasida vakilimiz Hasanboy Do‘smatov ilk jangini puerto rikolik raqibi Xuan Manuel Lopesga qarshi o‘tkazdi va unda katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Do‘smatovning navbatdagi raqibi qozoq bokschisi Saken Bibossinov bo‘ladi. Jang 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha -54 kg vazn toifasida vakilamiz Nigina O‘ktamova shimoliy koreyalik raqibasiga qarshi ringga ko‘tarildi va unda afsuski, imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida -57kg vazn toifasida Sitora Turdibekova ham Parijdagi ilk bahsini boshladi. Unga keyingi bosqich yo‘lida kongolik Marselat Sakobi Matshu raqiblik qildi va unda Sitora kichik farqdagi ustunlik bilan g‘alaba qozondi (3:2) hamda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboev -81 kg vazn toifasidagi ilk ishtirokini iroqlik Sajjad Sahenga qarshi o‘tkazishi kerak edi ammo raqib vaqtida kela olmaganligi sabab, musobaqadan chetlatildi va shu tariqa Sharofiddin keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi vakilimiz navbatdagi bahsini mezbon vakiili mezbon vakili Alfa Umar Jaloga qarshi 16:00 da o‘tkazadi. Sharofiddin mezbon vakiliga qarshi tatamiga chiqdi va unda ikki marta vazare bahosi bilan g‘alaba qozondi. Boltaboev chorak finalda koreyalik Li Jun Xvanga qarshi bahs olib bordi va unda ippion bahosi bilan mag‘lub bo‘ldi va bronza medal uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Afsuski, Sharofiddin o‘tish bahsida tojik dzyudochiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Boltaboev shu tariqa, turnirdagi ishtirokini yakunladi

Akademik eshkak eshish bo‘yicha vakilamiz Anna Prakaten bugungi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan final bahsida o‘z guruhida 2-bo‘lib marraga etib keldi. Mazkur natija orqali Prakaten 1 avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bugun qatnashadigan sportchilarimiz bilan tanishing!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!