Parij-2024 volontyorlik dasturi uchun arizalar topshirish boshlandi

  • 23 mart, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Volontyorlar uchun ariza topshirish joriy yilning 22 mart kuni ochildi va 2023 yil 3 may kuni yopiladi. Ushbu dastur butun dunyo bo‘ylab ochiq va xohlovchilar unda o‘z arizalarini qoldirishlari mumkin.

Ta’kidlash kerakki, 2024 yil 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari hamda 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari davomida jami 45 000 nafar volontyor tarixiy lahzalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va o‘yinlarni ichkaridan his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu 45 000 nafar volontyor Frantsiyaning turli joylarida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining barcha rasmiy maydonlarida joylashgan bo‘lib, tadbirni o‘tkazishning barcha sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan: tomoshabinlar va akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni kutib olish va ularga yo‘l ko‘rsatish, sport delegatsiyalariga yordam berish, hamrohlik qilish, sportchilarni musobaqalar o‘tkaziladigan joylarga va matbuot anjumanlariga olib borish, akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni tashish, vaqtni hisobga olish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jihozlarni taqsimlashda ishtirok etish va tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!