
Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga yutqazdi
"Womenʼs Olympic Football Tournament Paris 2024" turniri doirasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiya termasi bilan kuch sinashdi. Unda vakilalarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bellashuvda gollarga Minami va Chiba mualliflik qildi. Hamyurtlarimiz bu bahsni golsiz tark etdi.
Bundan oldingi uchrashuvda termamiz Vetnamni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Diyora Habibullaevaning yagona goli jamoamizga g‘alaba taqdim etgan.
Fikrlar