Parijdagi UFC turnirining asosiy to‘qnashuvida kimlar jang qiladi? Dana Uayt javob berdi

  • 8 avgust, 2024, 13:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

UFC prezident Dana Uayt 28 sentabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirining asosiy to‘qnashuvi – fransiyalik taniqli jangchi Benua Sen-Deni(13-2-1 N/C) va braziliyalik Renato Moykano(19-5-1) o‘rtasida bo‘lishini rasman ma’lum qildi.

Shuningdek, turnirning asosiy kardida Fransiya vakili Nassurdin Imavov va amerikalik Brendan Allen o‘rtasidagi qarama-qarshilik ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Mayamida o‘tkazilgan "UFC 299" turnirida Benua Sen-Deni  engil vazn toifasida (70 kg) sobiq vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga chiqqan va "The Diamond"(Olmos)ga  ikkinchi raundda mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!