Pato yana Evropaga qaytmoqchi

  • 17 mart, 2019, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatini Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klubida davom ettirayotgan braziliyalik hujumchi Aleshandre Pato yana Italiya A Seriyaga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchi Xitoy klubi bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shu tariqa u yangi jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar davrida unga “Milan”dan ham qiziqishlar bo‘lgan edi. U “rossonerilar” safida 2007-2013 yillarda to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Pato "Tyantszin Tsyuantszyan" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa tarkibida jami 60ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 36ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!