
Patrik Vieyra: Yaxshi murabbiy bo‘lish uchun Anrida barchasi mavjud
"Nitstsa" klubi bosh murabbiyi Patrik Vieyra "Arsenal" va Frantsiya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Terri Anrining "Bordo"ga bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“O‘ylaymanki, Anri “Bordo”da o‘zini ko‘rsata oladi. Uning mashhurligi Frantsiya chempionati uchun plyus. Eng muhimi, yaxshi murabbiy bo‘lish uchun Anrida barchasi mavjud”, - deydi Vieyra.
Eslatib o‘tamiz, Anri ayni damda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida bosh murabbiy Roberto Martinesga assistentlik qilmoqda.
Fikrlar