
Paulo Kosta Hamzat Chimaevni qo‘rqoqlikda aybladi
UFCning o‘rta vazn (83.9 kg) toifasidagi jangichsi braziliyalik Paulo Kosta (14-3) Xamzat chimaev(13-0) haqida gapirdi.
“Chimaev yugurishni to‘xtatishi kerak. Uzoq vaqt davomida bu yigit bizning jangimizdan qochmoqda. U oson janglarni xohlaydi. U men va Robert Uittaker kabi yigitlar bilan jang qilishdan qo‘rqadi. U kurash, jiu-jitsu yoki greppling bilan shug‘ullanmaydigan yigitlar bilan jang qilishni xohlaydi", - deydi Kosta.
Eslatib o‘tamiz, Kosta “UFC 298” turnirida Robert Uittaker (25-7) bilan jang qilib, ochkolarga ko‘ra, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar