
Pavar "Bavariya" mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti
"Bavariya"ni tark etishi kutilayotgan Benjamin Pavar klub mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
"Bavariya" rasmiy bayonotida himoyachini kasal bo‘lib qolganini aytdi, lekin u ayni paytda "Inter" va myunxenliklar kelishib olishini kutmoqda. Muzokaralar deyarli o‘z nihoyasiga etgan. Germaniya klubi Pavarni o‘rnini bo‘ldira oladigan futbolchi bilan shartnoma imzolaganidan keyin uni qo‘yib yubormoqchi.
Ma’lumot uchun, Benjamen "Inter" bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan.
Fikrlar