Pavar: "Men "Marsel" safiga qo‘shilganimdan faxrlanaman"
Frantsiyalik himoyachi Benjamen Pavar "Marsel"ga o‘tishi haqidagi o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
29 yoshli futbolchining transfer huquqlari Milanning "Inter" jamoasiga tegishli bo‘lib, ular himoyachini 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga bergan, keyinchalik sotib olish huquqi bilan.
- Hozirda barcha fikr-u xayollarim faqat "Marsel" bilan bog‘liq. Men bu nufuzli klubga qo‘shilganimdan faxrlanaman va maydonga tushishni intiqlik bilan kutmoqdaman, - dedi Pavar.
2024/2025 yilgi mavsumda Pavar Italiya A Seriyasida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, birorta ham gol urmadi, ammo bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Frantsiya terma jamoasi tarkibida u Jahon chempioni unvoniga ega - himoyachi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda g‘olib chiqdi va Argentina bilan chorak finalda o‘z faoliyatidagi eng muhim gollardan birini kiritgandi.



Fikrlar