
Pavar nega "Bavariya" uni sotib olganini aytdi
Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar "Shtutgart"dan "Bavariya"ga qilingan transferi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bavariya” JCh-2018da Argentina darvozasiga gol urganim uchun emas, Bundesliganing eng zo‘r himoyachilaridan biri bo‘lganim uchun men bilan shartnoma imzoladi. Men nafaqat himoyada, balki texnik jihatdan ham yaxshi o‘yin ko‘rsata olaman”, - deydi Pavar.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” 23 yoshli futbolchi uchun “Shtutgart”ga 35 mln evro to‘ladi. U myunxenliklar safiga mavsumlar oralig‘ida borib qo‘shiladi.
Fikrlar