"Paxtakor": Yaqqol holatlarni ko‘rmagan hakamlarga ko‘rish qobiliyatini yaxshilashni maslahat beramiz

  • 7 avgust, 2022, 04:48
  • 11
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 11-tur qoldirilgan o‘yinida "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. "Sherlar" matbuot xizmati ushbu o‘yin haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

"Ikki jamoaga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardik

O‘yinni jamoamiz keskin hujumlar bilan boshladi va tezkor ikki gol urdi. Dastlab Sobirxo‘jaev 16 metrlardan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 19-daqiqada Banashakning uzatmasidan so‘ng Cheran to‘pni darvozaga yo‘lladi. Shundan so‘ng jamoamiz nafaqat mezbonlar, balki yana bir jamoaga qarshi o‘ynashga majbur bo‘ldi. Vaqt o‘tib borgani sari turli mayda holatlarda hakamlar ochiqchasiga noto‘g‘ri va jamoamizga qarshi qarorlar qabul qilishga o‘tishdi. Bo‘lim oxirida Kolakovich boshi bilan to‘p kiritdi.

52-daqiqada to‘p uchun raqib bilan kurashda Hamrobekov Salomovning ustiga tushdi. Bu holatda u raqibga nisbatan atayin qo‘pollik qilmadi. Erning tortish kuchiga ko‘ra, havoga ko‘tarilgan inson yana erga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi. Hakam esa aynan maydonga qaytib tushish chog‘ida raqibni bosib olgan Odilni maydondan chetlatdi.

Keyinchalik mezbonlar ko‘p marta futbolchilarimizga nisbatan qo‘pollik ishlatgan vaziyatlarda hakamlar buni ko‘rmay qolishdi. Bu darajada yaqqol holatlarni ko‘rmagan hakamlarga ko‘rish qobiliyatini yaxshilashni maslahat beramiz. Bir vaziyatda Cheranning zarbasini himoyachi bir urinishda ikki marta qo‘li bilan qaytardi, bu jarima belgilashga etarli emas ekan. Cheran urgan gol bekor qilingan vaziyatda esa ofsayd qay tariqa qayd etilgani ko‘pchilik uchun qiziq savolga aylandi. O‘yin yakunida ikkinchi bo‘limga etti daqiqa qo‘shib bergan hakam 13-daqiqada (!) darvozamiz sari penalti belgiladi. Bu vaziyatda u Aliboevni qo‘li bilan o‘ynagan deb topdi. Fikrimizcha, 13-daqiqada bo‘lmasa, 39-daqiqada baribir bu penalti belgilanardi. Xuddi Qo‘qondagi o‘yinda bo‘lgani singari raqib penaltidan hisobni tenglashtirishi bilan o‘yin vaqti birdaniga tugab qoldi. Bu holat hech kimni hayron qoldirmaydigan voqeaga aylandi. Chunki u barqaror, odatiy ro‘y beradigan holat darajasiga etdi. Qizil kartochka, bekor qilingan gol, penalti. Qaysidir jamoa o‘ziga yuklatilgan vazifani juda yaxshi uddaladi. "Paxtakor" turli jamoalarga qarshi kurashishda davom etadi. O‘zbek futbolining rivoji qaysidir hakamning biror qaroriga bog‘lanib qolmaydi deb umid qilamiz", - deya bayonot berdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
sobitxon
07/08/2022 06:23
Vaaav paxtakorni zo'r uyinini xakamlar ko'rolmaydida uxaxaxa yozishni qara doim paxtakor foydasiga bo'lgan xatolarni oddiy uyindagi xolat deb quyeverardilarinku exxe Navbaxor senlar o'ynagan uyinda qancha jabr ko'rga yo'q joydan qizillar 3 daqiqa qushilgan uyinlarni 97 - daqiqasidagi penaltilar qanchasini aytay o'ylamalaring 2-davra endi boshlandi chempionat oxirigacha xakamlar kamida 5 ta uyinda senlagayam uynab beradi albatta o'shanda xam shu fikrlani kutamiz
&
Мехриддин Абдурахмонов
07/08/2022 09:14
Кути ачишябди. Сафсата гаплар.
SSSSSSSSSSS SSSSSSSSS
07/08/2022 05:09
Баттар бўлларинг. Қайтар дунё. Натижадан хурсандмиз
Жабборов Ахмаджон
07/08/2022 12:17
Менимча 2005йил бўлса керак кубок финали тошкент пахтакор -нефтчи биринчи тайэ ўйин жуда кучли бўлди 0-0 икинчи тайм ўйин жуда зўр бўлди хакам Ғайрат....... нефтчи футболчиси тўпни қатиғроқ тепса хам нефтчига қарши жарима белгилаверди пахтакор ҳакпм акасини ёрдами билан 2-1 ҳисобида ғолиб бўлди бу воқеалар ҳали ёдимизда кўп сақланади. Паҳтакор бу ҳали бошланиши ҳаммаси олдинда ҳали. Яна битта гап бу максим дегани оғир вақтда қочиб кетувди журналистлар ўзбек деб лақаб қўйганда жаҳли чиқувди энди ким орқалидир келиб олиб ўзбек футболига тош отяпти шу вақтгач қаерда эдинг.
Шухрат Хусаинов
07/08/2022 09:55
Кишлоги огзингни Буш куяверма
&
Каримов Нозиржон
07/08/2022 09:52
Ачишип кетиптику канака буларкан купрок етвосанг бундан баттар буласан Навбахор чемпион
O‘tkirxoja Axmedov
07/08/2022 07:35
Ойингга айтгин бориб бу марузаларини жинни сугдийона хакли дурранга еришди санлага ухшаб вахт чузиб йотиб органи юуук шуям футболми ерке болларин
Mirkamol Miraxmedov
07/08/2022 06:57
Qaytar dunyo
Dilshod Zokirjonov
07/08/2022 05:11
Sababini aytaymi agar hakamlarga paxtakor foydasiga qaror chiqarsa xalq hakam yana paxtakorga yon bosdi deyiladim endi sabr qilinglar bir vaqtlari hakam sizlarga rosa yon boʻshan endi navbat boshqa klublargada.
Gulmurod Tuxtashev
07/08/2022 09:26
Пахтакор хакамлардан нолиса кизик эшитиларкан
&
● 10 ●
07/08/2022 08:52
ХУРМАТЛИ ПОЙТАХТЛИК КУТЛАР.... (бу хаммага тегишли эмас, гап эгасини топади) КАЙТАР ДУНЁ ДЕБ ШУНИ АЙТАДИ. ЭНДИ ХУРСАНДЧИЛИК ВИЛОЯТЛАРНИКИ. САНЛАР ХАМ БИР КОН ЮТЛАРИНГ.