"Paxtakor" "Bunyodkor" himoyachisini sotib oldi

  • 5 yanvar, 17:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yarmini "Paxtakor"da ijarada o‘tkazgan Mahmud Mahammadjonovni klub sotib oldi.

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, himoyachi bilan "sherlar" 3 yillik shartnoma imzolaydi. Tez orada klub bu haqida rasmiy ma’lumot beradi.

Avvalroq, "Paxtakor" Mahammadjonovni yana bir mavsumga ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabar bergandik. Rahbariyat uning transferini to‘liq sotib olishga qaror qildi.

21 yoshli fulbek o‘tgan mavsum jamoa tarkibida barcha chempionatlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!