"Paxtakor" chempionat bahslarida "Olimpik"ni yutmagan! "Sherlar" bu gal g‘alaba qozona oladimi?

  • 27 iyul, 2023, 18:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun mamlakatimizda 2023 yilgi Superliga 2-davra bellashuvlari start oladi.

Tecno

"Olimpik" mavsumning ikkinchi qismini ertaga "Paxtakor"ga qarshi uydagi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 20:00da boshlanadi. "Olimpik" klub matbuot xizmati bellashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Timur Kapadze shogirdlari shu kungacha "sherlar" bilan jami 4 bor to‘qnash kelgan. Superliga-2022 doirasida o‘tkazilgan har ikkala uchrashuvda ham kuchlar teng kelgan (1:1, 1:1). "Jar"dagi o‘yinda "Olimpik" safida Timur Mamasidiqovning pasidan keyin Ruslan Jiyanov gol urgan. 2-davra "Paxtakor"da tashkillashtirilgan bellashuvda Ruslan Jiyanovning pasidan so‘ng Otabek Jo‘raqo‘ziyev to‘p kiritgan.

2021 yilning 20 oktyabr sanasida O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida o‘tgan bahsda esa "Paxtakor" Abror Ismoilovning goli evaziga minimal hisobda g‘alaba qozongan.

Superliga joriy mavsumi dastlabki turida "Olympic" mehmonda "Paxtakor"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi. O‘shanda jamoa safida gollarga Ruslan Jiyanov, Alisher Odilov hamda Odil Abdumajidov mualliflik qilishgan.

"Olimpik"ning "Paxtakor"ga qarshi o‘yinlari:

Superliga-2022
3-tur, 16.03.2022
"Olimpik" - "Paxtakor" 1:1
Gollar: R.Jiyamov (T.Mamasidiqov) 5 - F.Sayfiev (D.Cheran) 22

Superliga-2022
16-tur, 17.08.2022
"Paxtakor" - "Olimpik" 1:1
Gollar: P.Banashak 46 - O.Jo‘raqo‘ziev (R.Jiyanov) 61

O‘zbekiston kubogi-2021
Chorak final, 20.10.2021
"Olimpik" - "Paxtakor" 0:1
Gol: A.Ismoilov 64

Superliga-2023
1-tur, 03.03.2023
"Paxtakor" - "Olimpik" 2:3
Gollar: F.Sayfiev 63, D.Tursunov 83 - R.Jiyanov 7, A.Odilov 49, O.Abdumajidov 79

Ertangi o‘yin ikkala jamoaning o‘zaro beshinchi to‘qnashuvi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!