"Paxtakor" chempionatda 550-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
AGMK ustidan qozonilgan yutuq "Paxtakor" uchun O‘zbekiston chempionatlari tarixida 550-g‘alabaga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgacha 812 uchrashuvda maydonga tushgan "sherlar" ularning 550 tasida zafar quchishgan. 132 durang va 130 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqib darvozasiga 1805 gol uriib, 690 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 1800-golni Marat Bikmaev "Andijon" darvozasiga kiritdi. O‘shanda u hisobni 2:0ga etkazgandi.
"Paxtakor" jamg‘argan ochkolar soni jami 1782 taga etdi. Bu borada jamoa yaqin ta’qibchisi "Neftchi"ni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. Farg‘onaliklar hisobida 1545 ochko bor. "Sherlar" bir o‘yinda o‘rtacha 2,195 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Fikrlar