"Paxtakor" Dubayda Igor Sergeev to‘p suradigan klub bilan o‘ynaydi
Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavum uchun tayyorgarlikni BAAda olib borish maqsadida bugun tongda ushbu mamlakatga uchib ketgan edi.
"Sherlar" tushlik paytiga yaqin yig‘in davomida istiqomat qiladigan "The Meydan" mehmonxonasiga etib keldi. Toshkent vaqti bilan soat 19:00da "Nad Al Sheba" sport majmuasiga qarashli maydonda birinchi mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda Dubayga etib kelgan 24 futbolchining barchasi ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Paxtakor" bir yarim soatga yaqin vaqt davomida Dubaydagi birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Birinchi nazorat bellashuvi 17 fevral kuni "Jebel Ali" maydonida "Al-Dafra"ga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Qayd etish joiz, "Al-Dafra safida hamyurtimiz Igor Sergeev faoliyat olib boradi.

Fikrlar