"Paxtakor" futbolchisi jamoani erkin agent sifatida tark etdi. Klub legionerga aylangan futbolchiga omad tiladi

  • 13 yanvar, 2021, 19:50
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Hamdamov bilan toshkentliklar o‘rtasida tuzilgan shartnoma yakunlangani sababli, yarim himoyachi jamoa bilan xayrlashdi. Dostonbek ikki mavsum davomida "sherlar" tarkibida Superigada 48 o‘yinda 16 gol urgan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida 15 uchrashuvda maydonga tushdi. Ichki kuboklarda esa, 11 bahsda 8 gol muallifiga aylandi. Ikki yilda u "Paxtakor" bilan besh sovringa ega chiqdi. Faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishga qaror qilgan Hamdamovga klub omad tiladi.

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi BAAning "Al-Nasr" klubi bilan shartnoma imzoladi.

ErnRlAVXIAA2af_

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
13/01/2021 21:20
Пахтакорга келгуси ишларига омад! Насаф мухлиси!
Akbarali Abdunazarov
13/01/2021 21:18
Клубида молиявий инкироз бошланган шекилли, кейинги 3 йилда кетган маблаг эвазига клубни камида 7-8 йил сакланар турса буларди, Шота кучли мураббий эмас, жамоада кучли футболчиларни йигиб чемпион булиш кийин эмас, Шотада тактика йук хисоби эди. Нима булганда хам 2021 йилда хакикий курашларга бой чемпионат булади шекилли.