
"Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Traktor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Gollarga "Traktor" safida Ashkan Dejaga hamda Muhammad Abboszoda (dubl) mualliflik qilgan bo‘lsa, "Paxtakor"ning 3 goli Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov hamda Hojimat Erkinovlarning nomiga yozildi.
Vakillarimiz dastlab 2 ta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, iroda ko‘rsatib raqibga 3 ta gol bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqalarida belgilangan nohaq penalti barchasiga nuqta qo‘ydi: "Traktor" "sherlar"ning g‘olib bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. Yakunda jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
"Paxtakor"ning 2-tur doirasidagi uchrashuvi 20-aprel kuni "Sharja"ga qarshi o‘tkaziladi.
Fikrlar
Ешларга гап йук. Олдинги сезондан 5 нафар асосий футболчиларинг йук. Аммо нолиш Пахтакорга ярашмайди. Охиригача уйнаш керак. Химояни устида ишлаш керак.