
"Paxtakor" o‘z darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi (Foto)
Bugun tavallud kunini nishonlayotgan "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov bilan shartnoma uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 2019 yil boshidan buyon "Paxtakor" sharafini himoya qilib kelayotgan mahoratli posbon klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Unga ko‘ra, endilikda Quvvatov 2022 yil yakunigacha jamoa safida o‘ynashda davom etadi.
Fikrlar