"Paxtakor" o‘zaro o‘yinlarda "Navbahor"dan yaqqol ustun

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 17-turida "Paxtakor" Namanganda "Navbahor"ga qarshi o‘ynaydi.

"Sherlar"dan Ikrom Aliboev diskvalifikatsiya tufayli mazkur bellashuvda maydonga tusha olmaydi. Ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 63 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 39 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 11 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 104 gol urilib, 48 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 9 bahsda Toshkent klubi yirik hisobda ustun kelgan. Ayni paytgacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 31 bahsning 13tasida jamoamiz zafar quchgan bo‘lsa, 6 o‘yin durang bilan tugagan. Qolgan 12 uchrashuv raqib g‘alabasi bilan yakunlangan. Namanganda "Paxtakor" 36 to‘p kiritib, 29 gol o‘tkazib yuborgan. O‘tgan yilgi bellashuvda jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

“Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 28 avgust, yakshanba kuni 19:00da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Davron Sotiboldiyev
27/08/2022 12:35
Ajoyib uchrashuv bo'lishiga ishonamiz.
&
Рахимов Илхомжон
27/08/2022 12:12
Амиин
&
Восток
27/08/2022 11:15
Хакамлар сог.саломат булишсин