"Paxtakor" Shomurodovning jamoasini enga olmadi

Shota Arveladze mazkur bahsda asosiy tarkibda deyarli o‘tgan mavsumdagi 11 futbolchidan foydalandi, faqat o‘ng qanotda Alijonov o‘rnini Salimov egalladi. Birinchi bo‘limda "Paxtakor" vaziyatlar yaratishda kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Bir holatda Sergeevning aniq zarbasidan keyin raqib posboni to‘pni qaytarib qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida toshkentliklar hisobni ochdi. Masharipovning oshirgan to‘pidan keyin Sayfiev boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydondagi barcha futbolchilar almashtirildi. 85-daqiqada hakam belgilagan penaltidan Roman Eremenko unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi nazorat o‘yinida "Paxtakor" "Rostov" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Rossiyaliklar tarkibida faoliyat olib boradigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydonga tushmadi.

"Paxtakor"ning ikkinchi bahsi 25 yanvar kuni Slovakiyaning "Jilina" jamoasi bilan bo‘lib o‘tadi.

"PAXTAKOR" - "ROSTOV" - 1:1 (0:0)

"Paxtakor": Suyunov, Salimov (Yo‘ldoshev, 63), A’zamov (Eshmurodov, 63), Krimets (Ismoilov, 63), Sayfiev (Kozak, 63), Hamrobekov (Xolmatov, 63), Sobirxo‘jaev (Iminov, 15; Roziev, 80), Hamdamov (Mahmudhojiev, 63), Cheran (Abdurahimov, 63), Masharipov (Sobirjonov, 63), Sergeev (Hoshimov, 63).

"Rostov": Sedov, Vedernikov, Xadzikanudits, Popov, Ionov, Proshlyakov, Saletros, Bayramyan, Saplinov, Kojemyakin, Kozlov.

Gollar: Sayfiev 52 - Eremenko 85-pen.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!