
"Paxtakor" ustozi Farg‘onadagi yirik g‘alaba haqida nima deydi?
"Neftchi" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra o‘z fiklarini aytdi:
"Biz uchun hafta oson kechmadi. Jamoa haqida turli gaplar bo‘ldi. Juda yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Ular ustunlik qilishni xush ko‘rishadi. To‘pni egallashimiz bilan hujumga chiqishga urindik. Jamoa sifatli futbol namoyish qildi. Biz ahil jamoa sifatida maydonda birdam bo‘ldik. Muxlislarga ham katta rahmat. Yigitlar xarakter va o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishdi".
Fikrlar