"Paxtakor" va AGMK OChLdagi guruh bosqich o‘yinlarini qaerda o‘tkazadi?

  • 17 fevral, 2021, 21:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" 14 aprel kuni OChL guruh bosqichidagi yurishini boshlaydi. Toshkentliklar kvartetdagi oxirgi bellashuvni 29 aprel kuni o‘tkazadi.

Tecno

Guruh bosqich uchrashuvlari markazlashgan holda tashkil etiladi. Hozircha, OFK o‘yinlarni qaerda o‘tkazishni rasman e’lon qilmadi. Biroq taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida yozishicha, guruh bosqichi mezbonlari aniqlangan bo‘lishi mumkin.

- 15 fevral kuni OFK "Chempionlar Ligasi-2021" guruh bosqichi o‘yinlariga mezbonligi uchun arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati edi. Ammo arab ommaviy axborot vositalari allaqachon qaror qabul qilinganligini va beshta guruh Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasida taqsimlanishini ma’lum qildi.

Demak, "Paxtakor" katta ehtimol bilan o‘yinlarni Sharjada, Dushanbening "Istiqlol" va AGMK (agar guruh bosqichiga chiqsa) Ar-Riyodda o‘tkazadi.

Ammo Sharqda markazlashgan musobaqalar mezbonlarini aniqlash bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Mintaqadagi deyarli barcha mamlakatlarda sayohatga cheklovlar mavjud, - dedi Alisher Nikimbaev.

"Paxtakor" guruh bosqichini Eronning "Traktor" klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g‘olibi, keyin esa "Sharja" raqiblik qiladi.

1-tur, 14 aprel
"Paxtakor" - "Traktor"

2-tur, 17 aprel
Pley-off g‘olibi - "Paxtakor"

3-tur, 20 aprel
"Sharja" - "Paxtakor"

4-tur, 23 aprel
"Paxtakor" - "Sharja"

5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"

6-tur, 29 aprel
"Paxtakor" - pley-off g‘olibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!