"Paxtakor" va AGMK qatnashmagan, "Navbahor" muxlislarisiz o‘tgan turda tomoshabinlar statistikasi qanday?

  • 17 aprel, 2021, 17:20
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

15-16 aprel kuni Superligada 6-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali ma’lum qilib bordik.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasini tanishtiramiz.

6-turda 5 ta o‘yin o‘tkazildi. "Paxtakor" va AGMK Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani bois Superligada qatnashmayapti. "Navbahor" esa "Paxtakor"ga qarshi bellashuvdagi tartibsizliklar bois 2 uy uchrashuviga muxlislar kiritilmaydi.

Bu gal stadionlarimizga jami 14938 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3735ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Qarshidagi “Markaziy” arenada qayd etildi. Uchrashuvni 6276 odam shohidiga aylandi. “Nasaf” Termiz jamoasini tor-mor keltirgan o‘yinni 6276 muxlis kuzatdi.

Eng kam ishqiboz Toshkentda. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligiga 2503 tomoshabin tashrif buyurdi. Poytaxt derbisi bo‘lgani uchun e’tibor boshqacha edi.

Yana bir markaziy bellashuv ham ko‘pchilikni qiziqtirdi. “Qo‘qon-1912” - "Metallurg" bahsini bevosita stadiondan 3189 muxlis tomosha qildi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"Nasaf" - "Surxon" 6:0. 6276 tomoshabin
"Qo‘qon-1912" - "Metallurg" 0:1. 3189 tomoshabin
"So‘g‘diyona" - "Mash’al" 2:2. 2970 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1. 2503 tomoshabin
"Navbahor" - "Turon" 0:0. Muxlislarsiz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин. Ш.И
17/04/2021 21:12
Бутун бошли турдаги мухлислар сони Навбаҳорнинг биргина учрашувидаги мухлислар сонидан ҳам анчагина кам экан.
Навбаҳорсиз суперлига деярли йўқ десак ҳам бўлаверар экан яни суперлига Навбаҳорсиз мисоли тузсиз таомдек гўё.