"Paxtakor" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi o‘yinlarning eng yaxshi to‘purari kimligini bilasizmi?

  • 4 iyul, 2021, 14:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 12-turida "Paxtakor" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tadi. "Sherlar" matbuot xizmati Toshkent derbisidan avval qarama-qarshilik tarixidagi to‘purarlar haqida ma’lumot berdi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar to‘purari "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi golurarlaridan biri Anvar Soliev bo‘lib, u "Lokomotiv" darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan. Server Jeparov hisobida 5, Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix, Dragan Cheran va Jaloliddin Masharipov hisobida 4 tadan gol bor.

"Loko" safida Marat Bikmaev 5 gol urishga erishgan. Zayniddin Tojiev, Akmal Xolmatov va Temurxo‘ja Abduxoliqov derbilarda har ikki jamoa uchun to‘p kiritgan futbolchilar sanaladi.

"Lokomotiv" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
10 - Anvar Soliev
5 - Server Jeparov, Marat Bikmaev
4 - Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!