"Paxtakor" va "Navbahor" sobiq futbolchisi faoliyatini "Dordoy"da davom ettiradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Timur Talipov "Dordoy" bilan shartnoma imzoladi.

27 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent maqomida borib qo‘shildi. Mavsumning birinchi qismini u "Nur-Batken" klubida o‘tkazgandi. Faoliyati davomida himoyachi "Oloy", "Kaganat", "Navbahor", "Obod" va "Paxtakor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Timurning "Dordoy" bilan imzolagan shartnomasi mavsum so‘ngiga qadar amal qiladi. U 91-raqam ostida o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!