
"Paxtakor" yarim himoyachisi uchun vodiy klublari kurashdan chiqdi, favorit - "Nasaf"
Joriy yilning 31-dekabr sanasida "Paxtakor" bilan shartnomasi yakunlanadigan yarim himoyachi Odil Hamrobekov Toshkent klubida qoladimi, yoki boshqa jamoaga o‘tadimi degan savol ko‘pchilik uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu haqida o‘z telegram kanalida quyidagicha xabar qoldirdi.
"Farg‘onaning "Neftchi" va Namanganning "Navbahor" jamoalari Odil Hamrobekov uchun kurashdan chiqib ketdi. Sababi, ayni damda Odil uchun "Nasaf" eng ideal taklif bilan chiqqan. Xozircha, 27 yoshli yarim himoyachining "Paxtakor"da qolishi xaqiqatga yaqinroq, ammo u jamoasini o‘zgartirishni istasa bu so‘zsiz "Nasaf" bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, Hamrobekov joriy mavsum Superligada 22 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar