
"Paxtakor" yosh hujumchisi bilan shartnomani 2026 yil oxirigacha uzaytirdi
"Paxtakor" jamoasi yosh iqtidor egasi Rustam Turdimurodov bilan shartnomani uzaytirdi. Endi futbolchi 2026 yil oxirigacha "sherlar" sharafini himoya qiladi.
Iqtidorli hujumchi asosiy jamoada ushbu mavsumda o‘z debyutini nishonladi. 18 yoshli hujumchi bilan amalda mavjud bo‘lgan shartnoma 2026 yil so‘nggiga qadar uzaytirildi.
Rustam asosiy tarkibda Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi kechgan bahsda debyutini o‘tkazdi va uch o‘yinda maydonga tushib ulgurdi. Turdimurodov "Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Fikrlar