
"Paxtakor"da pley-offga chiqish uchun imkoniyat bormi?
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida zafar quchdi.
Vakillarimiz safida gollarga Hojimat Erkinov (dubl) va Dragan Cheran mualliflik qildi. Shuningdek, Cheran o‘z nomiga 2 ta assist ham yozdirib qo‘ydi.
Ayni damda "sherlar" o‘z guruhida 7 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. Biroq ularda guruhdan chiqish uchun imkoniyat biroz kam. Sababi, ayni dam ular o‘z mintaqasidagi ikkinchi o‘rinlar orasida eng yomon natijani qayd etib turibdi. Shunday bo‘lsa-da, umid hali saqlanib qolgan.
Fikrlar