“Paxtakor”dan o‘zib ketgan “Aral”, o‘lim guruhidagi “Navbahor” va “Nasaf”ni kutib turgan sinov! O‘zbekiston kubogida nima gaplar? (Barcha guruhlardagi holat)

  • 28 aprel, 2023, 21:51
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichining birinchi turi o‘z yakuniga etdi. Kutilgan va kutilmagan natijalar, pastdagilarning “to‘poloni” va katta nomlarning erta “jangga” tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Xo‘sh, birinchi turdan so‘ng guruhlardagi holat qanday? Sensatsiya ko‘ramizmi? Qaysi jamoa pley-offda ishtirok etishga yaqin? Barcha guruhlar bilan tanishib chiqamiz!

"A" guruhi.

a gur

E’tiborli tomoni shundaki, Shoxruh Ishanov boshqaruvidagi “Andijon-SGS” pley-off yo‘llanmasiga ega chiqish yo‘lidagi eng muhim qadamni tashladi. “Jizzax” ustidan qozonilgan (3:2) g‘alaba OKMK bilan bo‘ladigan o‘yin natijasidan qat’iy nazar keyingi bosqich imkoniyatini o‘z qo‘lida saqlab qolish imkoniyatini taqdim etadi. “G‘ijduvon”da esa moliyaviy holat achinarliligicha qolmoqda. Pro-liga o‘yinlariga zo‘rg‘a kelib-ketayotgan klub 3-turda “Andijon-SGS” bilan to‘qnash keladi. Katta ehtimol 3-tur kvartetdagi ikkinchi o‘rin masalasini hal qiladi. OKMK esa yuz foizlik natija bilan birinchi pog‘onani qo‘lga kiritmoqchi ekanligini ilk turdayoq (5:0) isbotlab bo‘ldi.

"B" guruhi.

b gur

Avvalgisidan farqli o‘laroq, “B” guruhida vaziyat anchagina chigal. Birinchi turda “Surxon” “Mash’al” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “Nasaf” katta qiyinchilik bilan “Qo‘qon-1912” ustidan g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda o‘yini ochilib borayotgan Arslonov jamoasi Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘ladi. Superliga doirasidagi oxirgi bahs dramatik tarzda kechganini (3:2) hisobga olsak, bu o‘yindan kamida o‘sha darajani kutishga haqlimiz! Superliga vakillari o‘zaro to‘qnash kelgan bir paytda “Mash’al” va yangi murabbiy qo‘l ostidagi “Qo‘qon-1912” klublari pley-off yo‘llanmasiga ega chiqish uchun so‘nggi imkoniyatini ishga soladi. Vodiyliklar turnirdagi yurishini davom ettirishni istasa, muborak klubini taslim etishiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, bu kvartetda kim keyingi bosqichga chiqishi 3-turdagi o‘yinlardan so‘ng hal etilsa kerak.

"C" guruhi.

C gur

Birinchi turdagi duranglardan so‘ng guruhda favorit va autsayder iboralari ishlatilmasligi aniqdek tuyuldi. O‘z tarixida ilk bor Pro-ligada ishtirok etayotgan “Yunired” sal bo‘lmasa, “Metallurg”ni engib qo‘yishi mumkin edi. Ibrohim Ibragimov jamoasini so‘nggi daqiqalardan kiritgan goli bilan mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. “Neftchi” va “Bunyodkor” to‘qnashuvida jamoalar asosan ikkinchi tarkib bilan harakat qilgani bois, ishqibozlar o‘zi istagan bahsni tomosha qila olmadi. 3 ta Superliga klubi ishtirok etayotgan to‘rtlikda “Yunired”ning pley-off yo‘llanmasiga ega chiqish imkoniyati birinchi turdan so‘ng juda kamayib ketgandek tuyulmoqda. “Neftchi” va “Bunyodkor” hali-hamon pley-off  uchun asosiy da’vogar.

"D" guruhi.

D gur

Bosh murabbiysiz qolgan “Sho‘rtan” “Yangier” ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga birinchi pog‘onani band etib turibdi. Superligada jon saqlab qolish uchun kurashishi taxmin qilinayotgan “Turon” va “Buxoro” keyingi bosqich uchun asosiy da’vogar maqomini yo‘qotgani yo‘q. Ikkisi ham mavsum boshidayoq murabbiylarni almashtirganini inobatga olsak, Superligadagi kurashning bir qismi guruh peshqadamligi uchun 3-turga qadar davom etishini taxmin qilish mumkin.

"E" guruhi.

e gur

Pro-ligada peshqadamlik qilayotgan “Lokomotiv” birinchi turda “Zomin”ni ko‘rmay, (4:0) o‘tib ketib qoldi. “Qizilqum” esa Abramovning “Dinamo”siga kichik hisobda engildi. Kvartetdagi yagona Superliga vakili yakunda pley-offsiz qolib ketishi hech gap emas. Ularni oldinda Korostichenko boshqaruvida saviyali futbol namoyish etayotgan “Lokomotiv” bilan og‘ir o‘yin kutib turibdi. Agar “temiryo‘lchilar” g‘alaba qozonsa, “konchilar” guruh bosqichidayoq O‘zbekiston kubogini tark etgan birinchi Superliga jamoasiga aylanishi mumkin.

"F" guruhi.

F gur

3 ta 3 xil, ammo bir xil ambitsiyaga ega jamoalar yig‘ilgan guruhdagi vaziyat ancha chigal. Odil Ahmedov boshqaruvidagi “Olimpiya” jamoasi ilk turda “Navbahor”ning asosiy tarkibi bilan to‘qnashuvda o‘zini yomon ko‘rsatgani yo‘q, ammo tajriba o‘z so‘zini aytdi. “Andijion” va “Olimpik” doim g‘alaba uchun maydonga tushadiganlar sirasiga kiradi. Qisqasi, bu guruhda 3 Superliga klubi so‘nggi soniyalarga qadar pley-off yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

"H" guruhi.

H gur

“Paxtakor-79” juda og‘ir o‘yinda “Shahrixonchi” ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va keyingi bosqich uchun imkoniyatlarini yaxshiladi. “Xorazm” esa “Lokomotiv-BFK”ni kichik hisobda engib, pley-off uchun dadil qadam tashladi. Bir qarashda barchasi oddiy ko‘ringan guruh yakunda chinakam sensatsiya taqdim etishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

"J" guruhi.

G gur

Kutilganidek, “Aral” musobaqani yaxshi boshladi. “Do‘stlik" Toshkentni yirik 4:1 natijasida taslim etgan qoraqalpog‘istonliklar turnir jadvalida (kiritilgan gollar soni bo‘yicha) “Paxtakor”dan oldinda turibdi. Boshkovichning “So‘g‘diyona”si esa ikkinchi turda bu tafovutni yo‘q qilishga urinib ko‘radi. Maksim Shatskix shogirdlari juda xotirjam va dadil qadamlar bilan kubok o‘yinlarini boshlab oldi. Aynan ular birinchi o‘rin uchun asosiy da’vogar. Keyingi turda esa pley-offning ikkinchi yo‘llanmasi uchun jang Zominda bo‘lib o‘tadi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
29/04/2023 11:20
Пахтакорникига осилиб улларинг