"Paxtakor"ga gol urgan futbolchi: Hisobda oldinda borib, imkoniyatni boy berganimiz alamli bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumda "Nasaf" safiga kelib qo‘shilgan Shokir Yo‘ldoshev ikkita rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, debyut golini urishga ham erishdi. "Ajdarlar" matbuot xizmati Shokir Yo‘ldoshev bilan jamoaga qo‘shilib ketishi va maqsadlari haqida intervyu uyushtirdi.   

"Yangi mavsum avvalida, jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildim va bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdim. O‘z o‘yinim bilan murabbiyimiz Ro‘ziqul Berdievning e’tiboriga tushdim va yakunda jamoa a’zosiga aylandim.

Ikkita rasmiy uchrashuvda ham aynan bitta raqibga qarshi maydonga chiqdik. Bu o‘yinlar bir biridan butunlay farq qildi. Raqib yurtimizdagi eng nomdor jamoalardan biri edi. To‘g‘ri, bunday jamoaga gol urish futbolchini ruhlantiradi. Ammo hisobda oldinda borib, imkoniyatni boy berganimiz alamli bo‘ldi. Futbol mavsumi endi boshlandi, keyingi bellashuvlarda ko‘proq gol urib, jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. “Nasaf” bilan sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishni istayman", -dedi fubolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!