
"Paxtakor"ga qarshi o‘ynagan jamoalar soni yana bittaga ko‘payadi
Deyarli bir oylik tanaffusdan keyin "Paxtakor" yana Superliga bahslariga qaytmoqda. "Sherlar" ushbu turda o‘z tarixlarida birinchi marta "Turon" klubiga qarshi maydonga tushadi. Amaldagi chempion tarixda ilk bor rasmiy bellashuv doirasida Yaypanga safar qiladi.
Aytish lozimki, "Turon" "Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi 38-raqibiga aylanadi. Shu tariqa "Paxtakor" o‘ynagan shahar geografiyasi va raqiblar soni yana bittaga ko‘payadi.
"Paxtakor" himoyachisi Egor Krimets diskvalifikatsiya tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. "Turon"da bunday yo‘qotish mavjud emas.
"Turon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 may, payshanba kuni soat 17:00da Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida boshlanadi.
Fikrlar