
"Paxtakor"ning g‘alabali seriyasi 21 o‘yinga etdi
So‘nggi marta Liga Kubogi guruh bosqichi doirasida 31 may kuni mag‘lubiyatga uchragan "Sherlar" shundan keyin barcha o‘yinlarni g‘alaba bilan tugatishdi. 21 bahsning 13 tasi chempionat, 8 tasi kubok bellashuvlariga to‘g‘ri keldi. O‘sha uchrashuvning 11 tasida "Paxtakor" yirik hisobda g‘alaba qozondi, 11 tasida esa Shota Arveladze shogirdlari gol o‘tkazib yuborishmadi. Raqiblar darvozasi esa 69 marta ishg‘ol qilindi. Ushbu g‘alabali seriya davomida "Paxtakor" chempionlik va O‘zbekiston Kubogiga ega chiqib ulgurdi.
Mavsum mobaynida 40 o‘yinning 33 tasida muvaffaqiyatga erishildi. 3 bor imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, 4 bahsda durang natija qayd etildi. Toshkentliklar raqib darvozasiga hozirgacha 105 to‘p kiritishgan.
Fikrlar