"Paxtakor"ning OChLdagi yubiley g‘alabalari

  • 17.02.2020 17:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Hozirgina OChL-2020 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shahr Xodro" uchrashuvi o‘tkazildi.

Birinchi taymda "sherlar" juda qiynalishdi va e’tiborni tortadigan xavfli vaziyat yarata olishmadi. Tanaffusdan so‘ng Shota Arveladzedan ko‘rsatmalar olib tushgan toshkentliklar Igor Sergeevning dubli va Sherzod A’zamovning goli evaziga OChL debyutantini mag‘lubiyatga uchratishdi.

Shu tariqa, "Paxtakor" OChL 2-turidan keyin 6 ochko jamg‘arib, yo‘qotishsiz yurishini davom ettirmoqda.

Qolaversa, "Paxtakor" OChLdagi 100-o‘yinini o‘tkazdi. Yubiley uchrashuv g‘alaba bilan yakunlandi. Shuningdek, "sherlar" Eron klubini Toshkentdagi bellashuvda yana taslim etib, g‘alabali seriyasini 10 taga etkazib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!