
Pedri: "Biz 3 ochkoni qo‘lga kiritishimiz kerak edi"
La Liganing 20-turidan joy olgan "Barselona" va "Xetafe" jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. O‘yindan so‘ng kataloniyaliklar yarim himoyachisi Pedri bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz g‘alaba qozonib, uyga 3 ochko bilan qaytishimiz kerak edi. "Xetafe"ga qarshi o‘ynash, har doim juda qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga, ular juda yaxshi himoyalanishadi ham. Bunday himoyani yorib o‘tish esa albatta murakkabdir. Chempion bo‘lishimiz uchun esa qolgan barcha to‘qnashuvlarda g‘alaba qozonishimiz shart"- dedi ispaniyalik havbek.
Ma’lumot uchun, Flik shogirtlari 20-ta uchrashuvdan so‘ng 39 ochko to‘plab, turnir jadvalining 3-o‘rinida bormoqda. Peshqadam "Atletiko Madrid" hisobida esa 44 ochko mavjud bo‘lib, ikkinchi o‘rindagi "Real Madrid"dan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan. "Qirollik klubi" esa bugun "Las-Palmas" qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar