
Pedri kumiri kim ekanligini aytdi
"Barselona" futbolchisi Pedri o‘z vaqtida Kataloniya jamoasining yarim himoya chizig‘ida o‘ynagan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
- Inesta yoki Xavi ishtirok etgan videolarni ko‘rar ekanman, ularning o‘yini menga chuqur ta’sir qiladi. Ularni ko‘rib o‘rnak olishga, mashq qilishga, har kuni takomillashishga intilaman, toki bir kun kelib xuddi ular kabi o‘ynay olish uchun.
Mening kumirim bo‘lgan Inesta ishtirokidagi videolarni ko‘p tomosha qilganman. Uning maydondagi harakatlarini - ayrim uslublarini, to‘pni qanday nazorat qilishini takrorlashga harakat qildim, - dedi Pedri UEFAga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, "Barselona" EChLning yarim final bahsida "Inter"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar