Pedri Julian Al’varesning "Barselona"ga o‘tishini qo‘llab-quvvatladi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi argentinalik hujumchini yuqori baholashini yashirmadi.
"Xulian menga yoqadigan futbolchilardan biri. Men har doim eng yaxshi o'yinchilar “Barselona”da o'ynashini xohlashimni aytganman.
Bu transfer amalga oshishi uchun ko'p narsa sodir bo'lishi kerak. Men klub ishlariga aralashishni istamayman. Biroq bu transfer ro'y berishiga umid qilaman, chunki u jamoa uchun juda foydali bo'lardi", — dedi Pedri TVE efirida.
Avvalroq matbuotda "Barselona"ning Xulian Alvaresga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Argentinalik hujumchi so'nggi yillarda Evropaning eng samarali futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Fikrlar