Pedro: "Chelsi"ga Messini to‘xtatib qolish juda qiyin bo‘ladi

  • 17 fevral, 2018, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Pedro UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz endi yaxshi formadamiz. Ayniqsa, “Barselona”ga qarshi muhim bahsdan oldin yana o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni qaytara oldim. Bu biz uchun juda muhim. Biz huddi shu ruhda “Barselona”ga qarshi bahsga tayyorlanishda davom etishimiz lozim.

Boshida biroz g‘alati tuyulishi mumkin, lekin uzoq yillar birga o‘ynagan jamoadoshlarni ko‘rish bu ajoyib. Bu o‘yin men uchun alohida o‘rin tutadi.

Messi hamon o‘sha-o‘sha. U haqida huddi avval aytgan gaplarimni aytishim mumkin. U dunyoning eng zo‘r futbolchisi va uni to‘xtatib qolish juda qiyin bo‘ladi”, - deydi Pedro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!