Pele: Men depressiyada emasman

  • 20.03.2020 08:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik futbol afsonasi Pele sonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng uning holati yaxshilangani haqida gapirib o‘tdi.

“Men depressiya nima ekanligini bilmayman. So‘nggi 2 yilda son suyaklarimda jiddiy og‘riq his qildim va meni operatsiya qilishdi. Ular menga g‘amxo‘rlik qilishdi va men buni qadrlayman. Lekin, keyin negadir ular mening tushkunlikka tushib qolganimni aytishdi. Ammo, men yaxshiman. Mening ahvolim yaxshilanyapti”, - deydi Pele.

79 yoshli Pele 3 karra jahon chempioni bo‘lgan tarixdagi yagona futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!