Pele o‘zi sodiq qolgan klub bilan abadiy yashaydigan bo‘ldi

  • 30.12.2022 11:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Afsonaviy futbol qiroli Pele 29 dekabr kuni 82 yoshida olamdan ko‘z yumdi.

Mashhur "Globo" sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Pelening jasadi "Santos" klubining tarixiy uyi hisoblangan "Vila-Belmiro" stadioni hududiga ko‘miladigan bo‘ldi. Chunki sobiq futbolchi faoliyatining aksariyat qismini ushbu klub safida o‘tkazgan va unga sodiqlik namoyish etgan. Bu haqda shahar hokimining buyrug‘i e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, ushbu voqedan so‘ng "Santos" shahri aholisi 7 kun davomida motam tutadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!