
Pele Ronalduga ovoz berdi, ammo, Messi g‘olib chiqdi
Afsonaviy futbolchilar va murabbiylar zamonamizning ikki buyuk hujumchisi - Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida tanlov qabul qilishdi. Ushbu so‘rovnomada argentinalik futbolchi 13:6 hisobida ustun keldi.
Messi uchun Diego Maradona, Pol Skoulz, Devid Bekxem, Marko van Basten, Zlatan Ibragimovich, Fabio Kapello, Ronaldino, Diego Simeone, Ronaldo, Yurgen Klopp, Ueyn Runi, Stiven Jerrard va Anxel Di Mariya ovoz bergan bo‘lsa, Ronaldu uchun Pele, Roberto Karlos, Aleks Fergyuson, Zinedin Zidan, Kilian Mbappe va Iker Kasilyaslar ovoz berishdi.
Qayd etish lozimki, 32 yoshli Messi olti karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. 35 yoshli Ronaldu hisobida esa ushbu sovrin 5 tani tashkil etadi.
Fikrlar