Penalti tepishni Ronaldudan o‘rganing
“An-Nasr” futbolchilari Saudiya Arabistoni chempionatining sakkizinchi turida raqib maydonida “Neom” bilan to‘qnash keldi va o‘yinni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Riyodliklarning gollariga Anjelo, Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob to‘pini Ahmad Abdu kiritdi.
65-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalandi. Bu portugaliyalik yulduzning faoliyatida 11 metrlik nuqtadan urgan 180-goli bo‘ldi. Umumiy hisobda Ronaldu jami 215 marta penaltini ijro etgan va shulardan 35 tasida gol urolmagan.
Bu gal 40 yoshli hujumchi raqib darvozabonini ojiz qoldirdi va faoliyati davomidagi rasmiy uchrashuvlarda urgan gollari sonini 953 taga etkazib oldi.
Ma’lumki, Ronaldu jahon futbolida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. Uning har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.



Fikrlar