Penaltidan gol ura olmagan futbolchimiz o‘sha vaziyat haqida nimalar dedi?

  • 12 iyun, 2022, 03:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U23 Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi O‘zbekiston - Iroq uchrashuvida Kapadze shogirdlari penaltilar seriyasida zafar quchdi. Bahsdan so‘ng jamoamiz himoyachisi Muhammadqodir Hamraliev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Penaltini amalga oshira olmadim, bilmadim nima bo‘ldi, lekin xotirjam harakat qilgandim. Asosiysi, g‘alaba qozondik. Gol urishim nasib qilmagan ekan, bundan afsuslanmayman. Qolaversa, muxlislar katta kuch bo‘lib bizga yordam berdi, ularning barchasiga rahmat aytmoqchiman.

1 kishi kam bo‘lganimiz bilan raqib bizdan cho‘chib harakat qildi. Barcha bizni 70-daqiqadan keyin sustlashganimizni aytyapti, lekin o‘sha vaziyatda o‘yin tugashiga yaqin va hisob ham bizning foydamizga hal bo‘layotgandi. Rejamiz shu hisobni ushlab qolish edi. 2 nafar muxlisimiz jarohat olibdi, ularga sog‘lik tilayman. Hammaga rahmat!"

Abbosbek Fayzullaev: "Penaltilar seriyasini lotereya, deyishadi, haqiqatan ham shunday"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!