
Penaltilar seriyasida Argentinaga qarshi o‘ynash o‘zgacha bir mushkulot
Kecha tunda JCh-2022 chorak final doirasida Niderlandiya hamda Argentina o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangach, jamoalar ekstra taymlar, keyinchalik esa penaltilar seriyasiga yo‘l oldi. Unda argentinaliklarning qo‘li baland keldi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, "albiseleste" mundial tarixi bo‘yicha penaltilar seriyasida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa hisoblanadi. Ular "lotereyalar" bahsida raqiblarini naq 5 marta dog‘da qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Skaloni shogirdlari yarim finalda Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar