Peres UEFAning qo‘lidan hech narsa kelmasligini aytdi

  • 20 aprel, 2021, 10:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi va yangi tashkil etilgan Superliga prezidenti Florentino Peres UEFA va FIFA tomonidan qo‘llanilishi aytilayotgan sanktsiyalar haqida gapirdi.

“Superliga futbolchilari UEFA tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda milliy terma jamoalar safida o‘ynashiga ruxsat berilmaydimi? Xavotir olmang, bunday bo‘lmaydi. Agar ular Superligaga qo‘shilsa, o‘ynashlari taqiqlanmaydi. Shuningdek, «Real», «Manchester Siti» va «Chelsi» Chempionlar ligasi va milliy chempionatlardan chetlatilmaydi. Men bunga 100 foiz aminman”, - dedi ispaniyalik funktsioner.

Bundan avvalroq, UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Superligada ishtirok etadigan klublar futbolchilari “Evro-2020” va “JCh-2022”da o‘ynamasligi haqida ma’lum qilgan edi.

Hozircha Evropa Superligasiga qit’aning 12 ta grand klubi qo‘shildi. Bular "Real", "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" klublaridir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!