
Peres yangi Superliga nega kerakligini tushuntirdi. Uning gapida jon bor!
“Real” klubi va yangi tashkil qilingan Evropa Superligasi prezidenti Florentino Peres ushbu loyiha nima uchun kerakligini tushuntirdi.
- Angliya, Ispaniya, Italiya superklublari hozir futbol tushib qolgan murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini topishi kerak edi. Millionlar o‘yini rivojlanib borishi kerak. Hozir hayat tarzi o‘zgaryapti va futbol ham yangilanishi, zamonga moslashishi talab qilinadi. Yoshlar futbolga qiziqmay qo‘ydi, chunki sifatsiz va zerikarli uchrashuvlar ko‘payib ketgan. Yoshlar boshqa narsalar bilan ovunmoqda, ularga vaqt sarflayapti. Futbol auditoriyasi qisqarib borayotgani ko‘rinib turibdi.
Har doim islohotlar, yangilik va o‘zgarishlarga qarshi turadigan odamlar bo‘lgan va bo‘ladi. “Barselona” – “Manchester Yunayted” bahsi manchesterliklarning Chempionlar ligasidagi oddiy jamoaga qarshi o‘tkazadigan o‘yinidan qiziqarliroq va tomoshabopdir. Bu jamoalarning muxlislarini dunyo bo‘ylab topish mumkin. Biz bu islohotlarni futbolni qutqarish uchun amalga oshirmoqchimiz, - dedi Florentina Peres.
Bu turnir ishtirokchi jamoalarga katta foyda keltirishi ko‘zda tutilgan. UEFA va FIFA rahbarlari yangi loyihaga qarshi chiqmoqda.
Fikrlar